Buxoroda qiymati 15,5 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Olot chegara bojxona posti orqali respublikamizga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, o‘simliklarni hasharotlardan zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladigan preparatlar borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)