Butun Pokistonda 200 million aholi elektrsiz qoldi

Butun Pokistonda 200 million aholi elektrsiz qoldi

Butun Pokiston hududi elektr energiyasidan uzilib qoldi. Bu haqda mahalliy Dawn gazetasi mamlakat energetika vaziri Umar Ayub bayonotiga tayanib xabar bergan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uzilish natijasida butun mamlakat hududi bo‘ylab qariyb 200 million kishi elektr tokisiz qolgan.

Uzilishlar Pokistonning Karachi, Islomobod, Lahor, Multon, Kasur kabi yirik shaharlarida va boshqa shaharlarda ham kuzatildi. 

Pokiston energetika vaziri vaziyatni shaxsan o‘zi nazorat ostiga olganiga ishontirdi. U aholini yuzaga kelgan vaziyatda xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Pokiston hukumati energiya uzatilishini Tarbeldagi elektrostansiya orqali qisman qayta tiklashga urinmoqda.  

Nashr  ma’lumotlariga ko‘ra, uzilishga elektr energiyasini taqsimlash tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan. O‘z navbatida, bosh vazirning maxsus yordamchisi Shahboz Gillning ma’lum qilishicha, energetika vaziri va butun idora avariya sabablarini aniqlash harakatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!