Bo‘stonliqda Gentra boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etdi

Bo‘stonliqda Gentra boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etdi

Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 26 avgust kuni soat tahminan 17:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani xududidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘ q” avtomobil yo‘lining 50-kilometrida (aholi yashash joyidan tashqari) haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi “Gentra” rusumli transport vositasida Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositasi texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!