Braziliyada harorat rekord darajada tushib ketgani sababli qor yog‘di

Braziliyada harorat rekord darajada tushib ketgani sababli qor yog‘di

Ma’lum bo‘lishicha, Rio Grande-du-Sul shtatidagi kamida 13 shaharga qor yog‘gan, ayrim aholi punktlarida esa do‘l yog‘ishi kuzatilgan.

Mamlakat aholisi voqea joyidan olingan kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmoqda. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, braziliyaliklar allaqachon qor o‘ynashga yoki qor odamlarini yasashga shoshilmoqda. Mamlakatning ayrim aholisi qor ularning ham shaharlarida boshlanadi deb umid qilmoqda.

Meteorologlarning ta’kidlashicha, tez orada boshqa janubiy shtat — Santa-Katarinada ham qor yog‘ishi mumkin. U yerdagi harorat minus 10 darajagacha pasayishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!