Braziliya terma jamoasi darvozaboni "An-Nasr"ga o‘tadi

Braziliya terma jamoasi darvozaboni "An-Nasr"ga o‘tadi

"Atletiko Paranaense" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Bento faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

25 yoshli futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va "An-Nasr"ga o‘tishini yakunlaydi. Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, "Atletiko Paranaense" o‘z yulduzini sotishdan 18 million yevro ishlab oladi. Darvozabonning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Bentoning "Inter" yoki Londonning "Chelsi"siga o‘tishi haqida xabarlar chiqqan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!