Boris Jonson: "Vaksinasiyaga qarshi chiquvchilarning prinsiplari qurboniga aylanishimiz mumkin"

Boris Jonson: "Vaksinasiyaga qarshi chiquvchilarning prinsiplari qurboniga aylanishimiz mumkin"

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi vaksinaning tezroq yaratilishi uchun zarur sharoitlar yaratgan, ammo natijaga tezroq erishish yo‘lida mamlakat xavfsizligini esdan chiqarmaslik kerak. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra xavfsizlikka e’tibor qilmaslik, vaksinasiya borasida tentak raqiblarga qo‘l kelishi mumkin.

«Ortiqcha intilish tufayli tentakroq — o‘ziga xos qaror chiqaruvchi, xavfli shaxslarning vaksinasiya bo‘yicha prinsiplari qurboniga aylanishimiz va millionlab odamlarning hayoti xavf ostida qolib ketishi mumkin», — degan Jonson.

Bosh vazirning aytishicha, butun dunyoda odamlarning salomatligi hamma uchun xavfsiz va samarali, eng muhimi, qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan vaksinani yaratishga bog‘liq.

Shuningdek, Jonson Oksford universitetida ishlab chiqilgan vaksinaning uchinchi klinik sinovlari boshlangani haqida ham gapirgan. Buyuk Britaniya yetakchisi AstraZeneca farmasevtik kompaniyasi ushbu preparatning millionlab dozalarini ishlab chiqarishni boshlab yuborgan.

Ipsos Mori tadqiqot markazining iyul oyida o‘tkazgan so‘rovnomalariga ko‘ra, Britaniya aholisining 53 foizi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani qabul qilishga tayyorligini bildirgan. The Guardian nashrining xabar qilishicha, vaksinaga nisbatan ishonchsizlik britaniyalik taniqli kishilar, xususan, The Stone Roses guruhi ijrochisi Ian Braun hamda boshqa bir ijrochi Van Morrisonning gaplaridan keyin kuchayib ketgan.

19 sentyabr kuni Jonson Buyuk Britaniyaga koronavirusning ikkinchi to‘lqini yaqinlashayotganini ma’lum qilgan. Oxirgi bir oy ichida mamlakatda kasallik qayd etilishining sutkalik ko‘rsatkichi to‘rt baravar oshgan. Bosh vazir ushbu holat tufayli qirollikdagi choralarni yanada kuchaytirish yuzasidan qaror qabul qildi. Jumladan, mamlakatda ko‘p sonli kishilar ishtirokida to‘y va dafn marosimlari taqiqlandi, tibbiy niqobsiz yurganlarga nisbatan jarimalar narxi ham oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!