Bollivud yulduzi Shohruxxon O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishgani rostmi?

Bollivud yulduzi Shohruxxon O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishgani rostmi?

Bugun internet tarmoqlarida "Bollivud yulduzi Shohruxxon O‘zbekistonda Boburiylar saltanatining poydevori hisoblangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan kinoserial tasvirga olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishdi. Ushbu serial 2 ta fasldan iborat bo‘lib, unda Bobur Mirzoning yoshligidan Hindiston hududlarini bosib olgan davrlari hamda avlodlarining hayotiy faoliyati tasvirga olinadi" mazmunidagi xabar e’lon qilindi.

Madaniyat vazirligi mazkur xabar asossiz yolg‘on ma’lumot ekanligini va bu borada vazirlik bollivud kino ijodkorlari bilan kelishuv imzolamaganini ma’lum qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!