Bolgariyada bir kunda rekord darajada koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Bolgariyada bir kunda rekord darajada koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Bolgariya sanitariya idoralari oxirgi bir kun ichida 188 ta koronavirus infeksiyasini qayd etishdi, bu oldingi kunga nisbatan 14 taga ko‘pdir.

Bolgariya Sog‘liqni saqlash vazirligining birlashtirilgan axborot portalining xabar berishicha, bu mamlakatda pandemiya boshlangandan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yuqtirganlarning umumiy soni 6.102 kishini tashkil etmoqda, ular orasida 465 nafari tibbiyot xodimi.

So‘nggi 24 soat ichida koronavirus bilan to‘rtta bemor vafot etgan, jami 254 ta o‘lim qayd etilgan.

Koronavirus bilan kasallangan 483 bemor shifoxonalarda davolanmoqda, ulardan 32 nafari reanimasiya bo‘limlarida. 3037 kishi esa butunlay tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!