Bojxonachilar harbiy dala mashg‘ulotida

Bojxonachilar harbiy dala mashg‘ulotida

Bojxona organlarida shaxsiy tarkibning jangovar shaylik darajasini oshirish maqsadida tizimli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar doirasida Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O.Choriyev boshchiligida Toshkent shahar garnizonida xizmat olib borayotgan Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo‘riqlash bo‘linmalarining tezkor xodimlari joriy yilning 19-20 aprel kunlari Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” okrug poligonida harbiy dala mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar maxsus texnikalarni qo‘llashda xavfsizlik qoidalariga rioya etishi hamda jangovar holatlarda o‘q-doridan foydalanishi bo‘yicha nazariy tushunchalarini mustahkamlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!