BMT: G‘azoda tinch aholining misli ko‘rilmagan darajada o‘ldirilishini qayd etdik
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 404 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar G‘azo markazi, Bayt Lahiya hamda Bureyj, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 64 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 43665 kishi shahid bo‘ldi.
▪️2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujumlar boshlaganidan beri G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohilda 12 mingdan ortiq talaba, 564 nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi, 567 ta maktab bombardimon qilindi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya hududida "Merkava" tankini ekipaji bilan yo‘q qildi, shuningdek, Al-Kassasib hududidagi uyga joylashib olgan bosqinchi askarlar to‘dasiga zarba berdi. Bayt-Laxiyada ham 7 bosqinchi yo‘q qilingani aytildi.
▪️BMT: G‘azoda tinch aholining misli ko‘rilmagan darajada o‘ldirilishini qayd etdik. Isroil xalqaro huquq asoslarini muntazam ravishda buzmoqda.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Nablus, Salfitga bostirib kirdi. Jenin shahrida shiddatli janglar ketmoqda.
▪️ "Hizbulloh" Livan janubida quruqlikdagi amaliyotlar boshlanganidan buyon 100 dan ortiq bosqinchini yo‘q qilgani va 1000 ishg‘ol askarini yaralaganini e’lon qildi. Kechagi hujumlar davomida Isroilga qarshi 20 ta harbiy amaliyot o‘tkazildi. Ben Gurion aeroporti faoliyati falaj bo‘ldi.
▪️ Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroilning Livan bo‘ylab bombardimon qilishlari natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, ulardan 4 nafari bola, 51 kishi yaralandi. Zarbalar Harek Xraykdagi Dar al-Havra tibbiyot markaziga berilgan.