Bloger Doniyor Qayumov javobgarlikka tortildi

Bloger Doniyor Qayumov javobgarlikka tortildi

1 yanvar kuni taniqli bloger Doniyor Qayumov tengqur do‘stlari bilan ko‘p qavatli uylar yonida pirotexnika vositalaridan foydalanayotganini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan. Ushbu holat soat 05:00 atrofida sodir bo‘lgan va odamlarning xotirjamligini buzgan.

Shundan so‘ng, pirotexnika vositalarining ishlatilishi yuzasidan huquq-tartibot organlariga aholidan murojaat kelib tushgan. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan tekshirish olib borib, odamlarni tinchini buzgan bezorilarni aniqlagan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jamoat tinchligini buzgan shaxslar kimligi aniqlangan.

Yoshim 22 da. 1 yanvar kuni soat tonggi 4:30 da. Odamlarning kayfiyatini ko‘tarish va Yangi yil bilan tabriklash uchun qilingan narsa edi. Bunaqa bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Kechqurun salyut otib, odamlarni, qariyalarni, kasal odamlarni tinchligini buzganimiz uchun – boshqa qaytarilmaydi – uzr so‘raymiz”, deydi blogerning o‘zi.

Blogerning do‘sti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ikkiovlon pirotexnika vositalarini Yunusoboddan 300 mingga sotib olgan.

Qayd etilishicha, bloger va uning sheriklari ham aynan pirotexnika vositalari portlatilgan hududda istiqomat qilgan.

Ushbu shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasi bilan javobgarlikka tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!