Shavkat Mirziyoyev Toshkentda sun’iy ko‘llar va havzalarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda sun’iy ko‘llar va havzalarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

O‘zbekistonda 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar mavjud. Bu manbalar nafaqat ichimlik suvi va sug‘orish, balki energetika, iqtisodiyot hamda ekologiya nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga ega.

Bugungi kunda elektr energiyasi ishlab chiqarishning katta qismi tabiiy gaz va ko‘mirga bog‘liq. Gidroenergiya ulushi esa 10-12 foiz atrofida. Shu bois, gidroenergetikani rivojlantirish energiya tizimini barqarorlashtirish, yoqilg‘i resurslariga bog‘liqlikni kamaytirish va suv resurslaridan samarali foydalanishda muhim o‘rin tutadi.

So‘nggi yillarda sohada salmoqli natijalarga erishildi. 2017 yilda 36 ta bo‘lgan gidroelektr stansiyalar soni 2025 yilda 100 taga yetkazildi. Ularning umumiy quvvati 1,6 gigavattdan 2,4 gigavattgacha oshdi.

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan gidroagregat va texnologik uskunalar ishlab chiqaruvchi «UzHydroPower» zavodi tashkil etildi. O‘tgan yili ishga tushirilgan Norin GESlar kaskadining birinchi bosqichi ilk marotaba «milliy loyiha» modeliga asosan amalga oshirilib, barcha jarayonlar to‘liq mahalliy korxonalar tomonidan bajarildi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatining katta qismi hali ishga solinmagani qayd etildi. Aholi va iqtisodiyot o‘sishi bilan elektr energiyasiga talab oshib borayotganini hisobga olib, bu salohiyatdan to‘liq, har bir daryo, soy va kanallarda foydalanish hamda yangi quvvatlarni jadal ishga tushirish zarurligi ta’kidlandi.

Taqdimotda 2026-2032 yillarda umumiy qiymati 5,8 milliard dollar bo‘lgan 73 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Buning natijasida qo‘shimcha 3,6 gigavatt quvvat yaratilishi kutilmoqda.

Joriy yilda 13 ta GESni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ularning umumiy quvvati 114 megavatt, yillik ishlab chiqarish hajmi esa 537 million kilovatt-soatni tashkil etadi. Mazkur loyihalar doirasida 254 ta ish o‘rni yaratiladi. Bunga qo‘shimcha Bo‘stonliq tumanida 28 million dollarlik grantlar hisobidan 20 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Yirik loyihalar qatorida Bo‘stonliq tumanidagi Yuqori Pskom GES qurilishi alohida ahamiyatga ega. Qiymati 365 million dollar bo‘lgan mazkur loyihaning quvvati 160 megavatt, yillik ishlab chiqarish hajmi 484 million kilovatt-soat bo‘ladi. Bu 161 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Loyihada mahalliy komponentlar ulushi 82 foizni tashkil etadi.

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida «milliy loyiha» tamoyili asosida So‘x GES qurilishi rejalashtirilgan. Quvvati 15 megavatt bo‘ladigan ushbu stansiya yiliga 50 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, tumandagi elektr ehtiyojining 71 foizini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuqori To‘palang hududining gidroenergetika salohiyati ham ko‘rib chiqildi. «To‘palang» suv omboriga quyiladigan daryo va soylarda 42 ta kichik GES qurish orqali 541 megavatt quvvat yaratish, yiliga qariyb 1,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

Dunyo amaliyotida gidro to‘plash elektr stansiyalarini qurish orqali energiyani saqlash va qayta taqsimlash tizimlari keng joriy etilayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimizda ham ilk bor umumiy quvvati 1,4 gigavatt bo‘lgan 3 ta shunday stansiyani barpo etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, umumiy quvvati 164 megavatt bo‘lgan 2983 ta kichik va mikro GES qurish rejalari muhokama qilindi.

Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ham soha samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishi sifatida belgilandi. Suv omborlari va gidroinshootlarda suv sathi, suv hajmi, bosim, meteoma’lumotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi raqamli monitoring tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Hozirda suv omborlarining xavfsizligini ta’minlash uchun 3,5 mingta nazorat-o‘lchov apparatlari o‘rnatilgan.

Davlatimiz rahbari gidroenergetika sohasidagi loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Taqdimotda poytaxt hududidagi daryo va kanallar bo‘ylarini obodonlashtirish, shaharda salqin mikroiqlim yaratish maqsadida sun’iy ko‘l va havzalar barpo etish bo‘yicha ishlar to‘g‘risida ham axborot berildi.

Jumladan, Chirchiq daryosining poytaxt hududidan o‘tuvchi 16 kilometr qismini obodonlashtirish hisobiga 306 gektar yer maydonida «Daryo bo‘yi» loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash, yashil hududlar barpo etish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini joylashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bektemir kanali bo‘yida 187,3 gektar maydonda «yashil belbog‘» yaratiladi, sayilgohlar barpo etiladi. Piyodalar va veloyo‘laklar, ichki yo‘llar, yoritish tizimlari hamda ko‘priklar quriladi.

Poytaxtda 4 ta sun’iy ko‘l va suv havzalarini tashkil etish loyihasi ham taqdimot qilindi. Prezidentimiz aholi uchun qulay sharoitlar, shaharda salqin mikroiqlim yaratishga bu kamlik qilishini qayd etib, ko‘llar sonini 12 taga yetkazishni topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Abduqodir Husanov «Bernli»ga qarshi qanday o‘ynadi? (video)

«Шаҳарликлар»нинг 1:0 ҳисобидаги ғалабаси билан якунланган баҳсда ўзбекистонлик ҳимоячи майдондаги энг фаол ўйинчилардан бири бўлди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiolaning rejalari buzilib ketdi

АПЛ тақвимидаги ўзгаришлар «Манчестер Сити»нинг ғазабини қўзитиб юборди.

Fransiya prezidenti «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvining aniq hisobini aytdi

Бугун, 28 апрель куни «ПСЖ» Чемпионлар лигаси ярим финали доирасида ўз майдонида Мюнхеннинг «Бавария» жамоасини қабул қилади.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Айблов тафсилотлари ва тергов жараёни расман ошкор этилмаяпти. Манбаларга кўра, иш “75 мактуб” деб аталган мурожаат билан боғлиқ.

Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirdi

Китобда ёзилишича, Зеленский Моравецкийга Шольц ва Макрон унга мунтазам қўнғироқ қилаётганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.