Belarus kompaniyasi Rosdonalds, Mosdonalds va Rusdonald's brendlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Rospatentga ariza topshirdi

Belarus kompaniyasi Rosdonalds, Mosdonalds va Rusdonald's brendlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Rospatentga ariza topshirdi

Bu haqda tegishli hujjatlarga tayanib, “Moskva” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Minskda ro‘yxatdan o‘tgan Progress Consulting kompaniyasi oziq-ovqat sanoati sohasida "Rosdonalds", "Mosdonalds" va Rusdonald's brendlaridan foydalanmoqchi.

McDonald's 16 may kuni Rossiyani tark etib, o‘z biznesini sotayotganini e’lon qilgan edi. Kompaniyani novokuznesklik tadbirkor Aleksandr Govor sotib olgan, u ilgari kompaniyaning franchayzlaridan biri edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!