Bekobodda kuch ishlatib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi

Bekobodda kuch ishlatib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi

Kecha, 22 fevral 2 noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi M.X. (ismli ayol)ning uyiga o‘zlarini tuman gaz filiali xodimlari deb tanishtirib kirib, kuch ishlatish orqali ayoldan pul talab qilgan va uyda pul yo‘qligini bilishgandan so‘ng, voqea joyidan yashiringanlar.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod shahar Sirdaryo ko‘chasida yashovchi L.T. va Angren shahrida yashovchi SH.R.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!