Bayrutdagi portlash qurbonlari soni 190 kishiga yetdi

Bayrutdagi portlash qurbonlari soni 190 kishiga yetdi

Bayrut portidagi portlash qurbonlari soni 190 kishiga yetdi, jami 6,5 ming kishi turli darajada jarohatlangan.

Xabarlarga ko‘ra, uch kishi bedarak ketgan, 300 ming kishi boshpanasiz qolgan, qariyb 50 mingta uy portlash natijasida zararlangan.

Harbiylar 29-avgust, shanba kuni hanuzgacha yetti kishi - uch nafar livanlik, uch nafar suriyalik va bir misrlik bedarak yo‘qolganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash yuz berdi.  Portlash 300 ming kishini uysiz qoldirgan va 15 milliard dollarlik zarar etkazgan. 50 mingta uy, 9 ta katta shifoxona va 178 ta maktab zarar ko‘rdi

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, portlashga 2014 yilda bojxona xizmati tomonidan musodara qilinib, omborda saqlanib kelgan 2750 tonna ammiak selitrasi yonishi sabab bo‘lgan.

Livan poytaxti ofat hududi deb tan olindi, shaharda ikki hafta favqulodda holatlar tartibi joriy etildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!