Bayden: "NATO kuchayadi va bu abadiy bo‘ladi"

Bayden: "NATO kuchayadi va bu abadiy bo‘ladi"

NATOning kengayishi hech bir davlatga tahdid solmaydi va Shimoliy Atlantika alyansi mudofaa xarakteriga ega. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo va Shvesiya Bosh vaziri Magdalena Andersson bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ta’kidladi.

Ularning uchrashuvining asosiy mavzusi Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizalari bo‘ldi. Bayden NATOdagi mamlakatlarning intilishlarini ma’qullab, bu mudofaa ittifoqi ekanligini ta’kidladi.

“Yangi davlatlarning NATOga kirishi uchinchi davlatlar uchun xavf tug‘dirmagan va hech qachon xavf tug‘dirmaydi…NATO kuchayadi, bu abadiy”, deydi Bayden.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har ikki davlat ham alyansga yangi a’zolarni qabul qilish mezonlariga javob beradi – ular kuchli armiya, shaffof iqtisodiyot va demokratik institutlarga ega.

“Men ushbu buyuk demokratik davlatlar va ikki o‘ta qobiliyatli hamkorning jahon tarixidagi eng kuchli mudofaa ittifoqiga qo‘shilish istagini qo‘llab-quvvatlayotganimdan g‘ururlanaman”, deydi AQSh Prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!