«Baxti Tashkentskiy»ning ochiq sudi dushanba kuni boshlanadi

«Baxti Tashkentskiy»ning ochiq sudi dushanba kuni boshlanadi

2024 yil 3 iyun soat 10.00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida B. Qudratullayev va boshqalarga (jami 37 kishi) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar B. Qudratullayev, SH. Kurbanov, B. Zafarov, SH. Rahimov, A. Xodjayev, D. Sharipov, A. Mirzaxanov, SH. Sulaymonqulov, A. Norkulov, S. Xatamov, N. Jumaniyazova, R. Shakurov, SH. Qudratullayev, T. Turmonov, F. Vapayev, M. Nasirxodjayev, D. Mo‘minxo‘jayev, M. Usmonboyev, M. Shodmanov, B. Xudayarov, A. Mashrafxanov, V. Kurbanov, A. Maxamadiyorov, A. Djurayev, B. Bakayev, I. Qudratullayev, A. Aliyev, J. Soliyev, A. Tursunboyev, B. Narmirzayev, F. Kamalov, M. Mirzoyev, N. Bagadirov, A. Shelyov, M. Kurbanov, O. Islamov va M. Ibadullayev Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

36 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “garov“ tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!