"Barselona" Saudiya Arabistonidan katta taklif oldi

"Barselona" Saudiya Arabistonidan katta taklif oldi

"Barselona" joriy transfer oynasida vinger Rafinya Diasni sotishi mumkin.

27 yoshli futbolchi sotuvga qo‘yilgan nomzodlar ro‘yxatida paydo bo‘ldi, Kataloniya giganti moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun u bilan xayrlashishga tayyor. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubi Rafinyaga 65 million yevro taklif qilmoqchi. "Blaugrana" bu variantga qiziqish bildirmoqda: tushum Niko Uilyams va Dani Olmo bilan shartnoma imzolash uchun sarflanadi. Shu bilan birga, braziliyalik ketishni istamayapti.

Rafinya Diasning "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!