Bankrot bo‘lgan FTX kriptobirjasi asoschisi Sem Benkmen-Frid 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Bankrot bo‘lgan FTX kriptobirjasi asoschisi Sem Benkmen-Frid 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Ayblov tomoni tadbirkorni 40 yildan 50 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan. Unga yettita jinoiy ish, jumladan, firibgarlik va foydalanuvchi mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Benkmen-Fridning firibgarlik harakatlari natijasida FTX mijozlari, investorlar va kreditorlar 11 milliard dollar yo‘qotishgan.Saytning kamida uchta mijozi o‘z joniga qasd qilgan.

Himoyachi tadbirkorni 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Advokatlar uning tarjimai holi va hayotiy pozisiyasi, ma’lumoti va ish tajribasini hisobga olishni so‘radi. AQSh sudi Benkmen-Frid kamida uch marta yolg‘on guvohlik berganini aytdi.

FTX Group 2022 yil 11 noyabrda bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi. Saytning bankrotligi kriptovalyuta bozorining keskin qulashiga olib keldi. O‘sha yilning boshida uning biznesi 32 milliard dollarga baholangan, deb yozadi Forbes.

Benkmen-Frid 2022 yil dekabrida Bagama orollarida huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan va AQShga ekstradisiya qilingan. U yerda unga ayblov qo‘yilgan. Erkak o‘tgan yilning avgust oyida hibsga olingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!