Ayollarni tahqirlaganlik uchun qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Ayollarni tahqirlaganlik uchun qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Saudiya Arabistoni prokuraturasi ayollarni jismonan yoki ruhan tahqirlagan kishilar jazoga tortilishi haqida ogohlantirdi, deya xabar bermoqda GulfNews nashri. 

Ayollarni tahqirlaganlik uchun 50 ming riyol (taxminan 13300 AQSh dollari) miqdorida jarima va bir yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Ta’kidlanishicha, “bunday jazoning joriy etilishi Saudiya Arabistonida ayollarga ko‘proq erkinlik berish borasidagi islohotlarning bir qismidir”.

2017 yildan beri saudiyalik ayollarning hayotida ko‘pgina o‘zgarishlar kuzatilmoqda, jumladan, ularga mashina boshqarishga, ishlashga va erkaklarning hamrohligisiz safar qilishga ruxsat berildi,   

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon 2030 yilgacha mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy hayotida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!