Axloqsiz video: Toshkentdagi 15 yoshli qiz o‘limining so‘nggi tafsilotlari

Axloqsiz video: Toshkentdagi 15 yoshli qiz o‘limining so‘nggi tafsilotlari

Toshkentning Yunusobod tumanida 15 yoshli qizning qotili aybiga iqror bo‘ldi, deb xabar qildi Nuz.uz .

O‘tgan hafta Toshkentning Yunusobod tumanida bo‘g‘ib o‘ldirilgan maktab o‘quvchisi bilan bog‘liq qotillik butun O‘zbekistonni larzaga solgan edi.

Gumonlanuvchining ko‘rsatmalaridan ma’lum bo‘lishicha, 6 fevral kuni qiz onasiga tobi yo‘qligini aytib, maktabga bormagan. Onasi qizning ukasi bilan ishga ketgan. Uyda o‘gay akasi qolgan. U singlisi qayergadir ketmoqchi ekanligini, onasini aldaganligini, aslida soppa-sog‘ ekanligini sezib qoladi. Ular o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Yigit singlisining qo‘lidan telefonini tortib olgan, u yerda esa qiz va uning do‘sti ishtirokidagi axloqsiz videoni topib olgan. Jahl ustida yigit qo‘liga tushgan buyumni sochni jingalak qilishga mo‘ljallagan moslamani (ployka) olib, uning simi bilan singlisini bo‘g‘a boshlagan.

Qiz nafas olmayotganiga ishonch hosil qilgach, yigit jasadni o‘zlari yashaydigan ko‘p xonadonli uyning yerto‘lasiga yashirishga qaror qilgan. Kunning qolgan qismini u internet-klubda o‘tkazgan. Bundan avval esa u singlisining telefonini Malika savdo markazida sotib yuborgan, ploykani esa uy yaqinidagi ariqqa tashlab yuborgan.

Kechqurun ona qizi uyda yo‘qligi ko‘rib, unga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo hech kim javob bermagan. Qizning uyga kech kelgan holatlari ham bo‘lgan. Ertalab ham qiz uyga kelmagan. Ona esa qizi kun davomida uyga qaytishiga umid qilgan. Ammo keyingi kuni kechqurun ayol qizining jonsiz tanasini o‘z xonadoni ostonasidan topgan.

Qizning akasi jasadni eshik tagiga o‘zi qo‘yib ketganini, shu tariqa esa uni noma’lum shaxslar podezdda bo‘g‘ib o‘ldirganday ko‘rsatmoqchi bo‘lganini tan oldi. So‘roq paytida yigit singlisi ular oilasini sharmanda qilganligini, uning telefonidan topilgan video so‘nggi tomchi bo‘lganligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, unga nisbatan Toshkent prokuraturasi mazkur qotillik yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!