“Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” — Nikol Pashinyan

“Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” — Nikol Pashinyan

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan sobiq Tog‘li Qorabog‘ respublikasining quvg‘indagi hukumatini tan olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining quvg‘indagi hukumati Armanistonda faoliyat yuritayotgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirgan. Yerevandagi hukumat rahbari bu xabarlarni keskin rad etib, uning hukumati hech qanday Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmasligini bildirgan.

Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq prezidenti Samvel Shahramanyan 2023 yil 28 sentyabrda tan olinmagan davlatni 2024 yil 1 yanvardan boshlab rasman tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Ammo u yaqinda Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Tog‘li Qorabog‘ hukumati surgunda ekanligi va Yerevanda faoliyat yuritayotganini aytgan.

“Tog‘li Qorabog‘dan majburan ko‘chirilgan ayrim doiralar ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda Armaniston milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi xatti-harakatlar va qadamlar qo‘yayotganini qayd etmasdan ilojim yo‘q. Ochig‘ini aytmoqchimanki, respublikada Tog‘li Qorabog‘ hukumati mavjud va bu hukumat ishlayapti. Armaniston Respublikasida Armaniston Respublikasi hukumatidan boshqa hukumat bo‘lishi mumkin emasligi aniq. Bu hukumat Armaniston ichki ishlariga aralashmaydi”, — degan sobiq Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tan olinmagan prezidenti Samvel Shahramanyan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!