"AQSh Kongressi delegasiyasining Tayvanga tashrifi provokasiya"

"AQSh Kongressi delegasiyasining Tayvanga tashrifi provokasiya"

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy “Rossiya 24” telekanalida AQSh Kongressi delegasiyasining Tayvanga tashrifi provokasion ekanligini aytdi.

“Rossiyaning pozisiyasini siz juda yaxshi bilasiz, u yuqori darajada ham, vazirimiz tomonidan ham bir necha bor aytilgan. Biz Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi va u yerga AQSh kongressmenlarining navbatdagi tashrifini provokasion deb bilamiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning bunday qadamlari vaziyatni barqarorlashtirishga hissa qo‘shmaydi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida keskinlikni kuchaytirmoqda.

"Va, albatta, bu muqarrar ravishda iqtisodiyotga ta’sir qiladi", deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuy AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan so‘ng ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun Moskvaga minnatdorlik bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!