Apple iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

Apple iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

Amerikaning texnologiya giganti Apple kompaniyasi quvvatlarning bir qismini Xitoydan o‘tkazish fonida Hindistonda iPhone 14 ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qarorini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tahlilchilarning fikricha, bu qaror Pekin va Vashington o‘rtasida keskinlik kuchayib borayotgan bir sharoitda ishlab chiqarishning katta qismini Xitoyda saqlab qolishning siyosiy xatarlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Hindiston Xitoydan keyin ikkinchi yirik smartfon bozori hisoblanadi.

J.P.Morgan'ning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha Apple iPhone 15 ishlab chiqarish quvvatining taxminan besh foizini Hindistonga ko‘chiradi. 2025 yilga kelib esa Hindiston iPhone ishlab chiqarishning 25 foizini tashkil qilishi mumkin.

21 sentyabr kuni Apple Store’dagi ilovalar 5 oktyabrdan boshlab bir qator mamlakatlarda foydalanuvchilar uchun qimmatlashishi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Rossiyada iPhone 13 yangi model chiqarilgandan keyin 30 foizga arzonlashdi.

Sizning “O‘zbekistondagi elektron tijorat saytlarining sifati va jozibadorligi a’lo darajada” fikriga munosabatingiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!