Angliyalik qiz xitoylik bolalarga ism tanlab berish ortidan boyib ketdi

Angliyalik qiz xitoylik bolalarga ism tanlab berish ortidan boyib ketdi

Angliyada 19 yoshli Bo Jessap xitoylik go‘daklar uchun inglizcha ism tanlab bergani uchun minglab funt sterling foyda ko‘radi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.

Birinchi marta qiz Xitoyga otasi bilan kelgan. Otasining do‘stlari undan bolalariga inglizcha ism tanlab berishini so‘ragan. Internetdagi qat’iy siyosat tufayli, Xitoy aholisi ingliz tilidagi ko‘plab resurslardan foydalanish imkoniga ega emas.

Ushbu sayohatdan so‘ng, Bo Jessap Xitoy aholisi uchun inglizcha ism tanlash imkoniyati bo‘lgan maxsus sayt yaratdi. U xitoycha bilgani uchun, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq resurs yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Saytda ism tanlash uchun ota-onalar bolaning jinsini va ular bolada o‘zlari ko‘rishni istagan xususiyatlarni tanlashi kifoya edi. Uch yil davomida 19 yoshli qiz 670 mingdan ortiq bolaga ism tanlashga yordam berib, 260 ming funtdan oshiq foyda ko‘rdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!