Andijonga sifati kafolatlanmagan dori olib kirayotgan haydovchi ushlandi

Andijonga sifati kafolatlanmagan dori olib kirayotgan haydovchi ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqaro M.A. boshqaruvidagi «Nexia-3» mashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Ta’kidlanishicha, avtomobil yukxonasida sifati kafolatlanmagan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan 70 million so‘mlik 930 quti dori vositalari borligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!