"Alloh yo‘lida do‘stlashish..."

"Alloh yo‘lida do‘stlashish..."

Alloh yo‘lida do‘stlashishning quyidagi qoidalari mavjud:

iymonli, ibodatli mo‘min bilan do‘st tutinish;

do‘stiga hamisha Allohning buyruqlarini eslatib turish;

o‘ziga ravo ko‘rgan har bir yaxshilikni do‘sti uchun ham ravo ko‘rish;

o‘zi qochgan har bir yomonlikdan do‘stini ham asrash, ogohlantirish;

do‘stlar orasiga dunyoviy manfaatlarning aralashmasligi, ya’ni do‘stlik moddiy manfaatdorlik asosiga qo‘yilmasligi;

do‘stni Alloh yaratgan bor kamchiligu fazilatlari bilan qabul qilish;

har qanday holatda, ya’ni borida ham, yo‘g‘ida ham, yaxshi-yomon kunida ham do‘stining yonida bo‘lish;

kerak bo‘lganda, undan molini ham, jonini ham ayamaslik;

Alloh taoloning roziligi uchun do‘stini har qanday kamsitish va nohaqliklardan himoya qilish, uning sha’ni va obro‘yini saqlashga astoydil harakat qilish.

To‘g‘ri, bu aytilganlarga to‘liq amal qilish juda og‘ir, juda qiyin. Ammo, buning mukofoti jannat ekaniga astoydil ishongan holda harakat qilsangiz, insha Alloh, Robb taoloning O‘zi sizga yordam beradi va bu do‘stlikka qay darajada amal qilishga ulgurishingizdan qat’inazar, insha Alloh, hadisda aytilganidek, qiyomat kuni Arshining soyasidan joy oluvchi, birgalikda Jannatga kiruvchi baxtlilardan bo‘lasiz!

Aziz mo‘min va mo‘minalar! Siz uchun Alloh yo‘lidagi birgina do‘stingiz bo‘lsa bas, o‘sha sizga qiyomat kuniga kifoya qiladi.

 Doniyor FAYZ


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!