«AKFA» ning bosh ofisini ham «o‘marib ketishdi»

«AKFA» ning bosh ofisini ham «o‘marib ketishdi»

Joriy yilning 22 noyabr kuni noma’lum shaxs  Toshkent shahrining Chilonzor tuman Seul (Avvalgi Baynalminal) ko‘chasida joylashgan «Akfa» korxonasining O‘zbekistondagi bosh ofisidan, korxona rahbari (Manba korxonaning norasmiy rahbari Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev deb iddao qilmoqda) maslahatchisi S.U.ning ish joyidagi xizmat xonasi eshigi ochiq qolganidan foydalanib, u yerdan 27 900 AQSh dollarini (Boshqa bir manba o‘g‘irlangan mablag‘ miqdori 50 ming AQSh dollariga yaqin degan fikrni ham ilgari surgan) o‘g‘irlab ketgan .

Bu o‘g‘irlikni fosh qilish uchun tezkor guruh va barcha «OPER»lar jalb qilingan bo‘lib, jinoyat issiq izidan aniqlangan. «7news.uz» nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, ushbu jinoyatni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, shu korxona qorovuli SH.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Hozirda Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlar olib borilmoqda.

Ushbu ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligidagi manba ham tasdiqladi hamda o‘g‘irlik tezkorlik bilan fosh etilganini ta’kidladi va qo‘shimcha qilib, hattoki korxonadagi videokuzatuvlar ham dastlab o‘g‘irlikni ochilishida uncha yordam bermagan, sababi o‘g‘irlik sodir etayotgan shaxs kameralardan berkinishga uringan.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!