Afg‘oniston fuqarosi Buxorodagi tanishiga 54 kg giyohvand modda jo‘natgani ma’lum bo‘ldi

Afg‘oniston fuqarosi Buxorodagi tanishiga 54 kg giyohvand modda jo‘natgani ma’lum bo‘ldi

Buxoroda fuqaro 54 kg giyohvand modda saqlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishlar natijasida aniqlandiki, fuqaroga joriy yilning 14 yanvar kuni Afg‘oniston fuqarosi 54 kg opiy giyohvand moddasini jo‘natgan. U buncha opiyni 13 tonna kartoshka orasiga yashirib jo‘natgan va saqlab turishni so‘ragan. Keyinroq o‘zi xaridor jo‘natishini aytib, saqlab turgani uchun har bir kilogrammiga 500 dollardan berishini aytgan.

Ayni damda voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!