Abituriyent qanday huquq va majburiyatlarga ega? Nimalarga shaxsan javobgarligini bilasizmi?

Abituriyent qanday huquq va majburiyatlarga ega? Nimalarga shaxsan javobgarligini bilasizmi?

Abituriyent quyidagi huquqlarga ega:

  • test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
  • test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.

Abituriyent quyidagilarga majbur:

  • test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga belgilangan vaqtda kelish (abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan);
  • shaxsni identifikasiyalash vositalari hamda videofiksasiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirish;
  • test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
  • javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;
  • test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.

Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

  • javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;
  • javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;
  • javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;
  • belgilangan vaqt tugagunigacha test topshiriqlarini bajarib, javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!