5ta OTM bakalavriatga kirish imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi

5ta OTM bakalavriatga kirish imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi

Xorijiy OTMlar bilan transformasiya qilish uchun 5ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinmoqda. Ular qabul parametrlarini mustaqil belgilaydi, bakalavriat imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi.

27 oktyabrda imzolangan hukumat qarori bilan 2021 yil 1 martga qadar xorijiy OTMlar bilan transformasiya qilish uchun 5ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

2021/2022 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformasiya qilinadigan oliy ta’lim muassasalarida:

  • bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi;
  • bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o‘tkaziladi;
  • ta’lim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!