43 xodimida koronavirus aniqlangan poliklinika jarimaga tortildi

43 xodimida koronavirus aniqlangan poliklinika jarimaga tortildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg sudi 43 xodimida koronavirus aniqlangan poliklinikaning 100 ming rubl miqdorida jarima to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 

Qayd etilishicha, sud tomonidan tekshiruvlar natijasida tibbiy muassasada bir oylik shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanmaganligi, yuqtirgan shifokorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bo‘limga o‘z vaqtida yetkazilmaganligi aniqlandi.

 

Sud majlisi davomida klinika vakili muassasa aybdorligini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!