2023/2024 yillar davomida 7 254,9 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallanganligi aniqlandi

2023/2024 yillar davomida 7 254,9 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallanganligi aniqlandi

2023/2024 yillar davomida respublika bo‘yicha 36 904 ta holatda 7 254,9 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallanganligi aniqlandi.

AOKAda Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi:

Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida hamda aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirishlar natijasida 20 945 ta holatda 3 726,8 gektar (57 %) maydondagi qonunbuzilishlar ixtiyoriy bartaraf etildi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan maydonlarni qaytarish, noqonuniy qurilmalarni buzdirish haqida sudlarga 13 560 ta yoki 3 175,5 gektar da’vo arizalari kiritildi.

Hisobot davrida jinoyat alomatlari kuzatilgan 1 331 ta ish hujjati o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

Joriy yilda respublika bo‘yicha yerdan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 2 721 ta (17 656,3 gektar) holat aniqlanib, PF–6243-son Farmonga muvofiq 86 ta (947,8 gektar) holatda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilindi.

Bundan tashqari, hokimliklarga 2 635 ta (16 708,5 gektar) holatda taqdimnomalar kiritildi. Natijada, 14 578,6 gektar maqsadsiz foydalanilgan yerlar zaxiraga qaytarilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!