2 mlrd dollar va dori-darmonlar: Xitoy koronavirus bo‘yicha navbatdagi qadamni tashladi

2 mlrd dollar va dori-darmonlar: Xitoy koronavirus bo‘yicha navbatdagi qadamni tashladi

Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga ikki milliard dollar ajratadi. Bu haqda Prezident Si Szinpin ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

"Mablag‘ yaqin ikki yil ichida ajratiladi. Pul davlatlarga koronavirusga qarshi kurashda va zarar ko‘rgan mamlakatlarda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi", dedi Si Szinpin.

Bundan tashqari, Xitoy BMT bilan hamkorlikda respublikada epidemiyaga qarshi dori-darmonlarni barqaror yetkazib berish uchun gumanitar omborxona tashkil qiladi. "Xitoyda ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinalari butun dunyoda mavjud bo‘ladi va rivojlanayotgan mamlakatlarda emlashning mavjudligini ta’minlashga Xitoy katta hissa qo‘shadi", — deya qo‘shimcha qildi XXR raisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!