16 yoshli bola dahshatli “tajriba”si tufayli umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi (foto)

 16 yoshli bola dahshatli “tajriba”si tufayli umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi (foto)

O‘g‘il o‘gay onasini shafqatsizlarcha o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ruben Bratvayt 16 yoshda bo‘lib, odamning boshini qanday qilib olib tashlash mumkinligi tasvirlangan videoni ko‘rganidan so‘ng bu vahshiylikni o‘gay onasida sinab ko‘rishga qaror qiladi va samuray qilichi va boltani qo‘liga olib 54 yoshli Fiona Bichevfildning yoniga boradi, deya xabar berdi “Mirror”.

Bola har doim qotillik, o‘lim va jarohat yetkazish kabi johilliklarga qiziqqan va veb-saytlarda shunga o‘xshash materiallarni topgan. Qotillik kunida u onasini mushugiga yordam kerakligini aytib, aldab yoniga chaqiradi. Ayol uy ichidan chiqqanida o‘smir unga zarba beradi va natijada jabrlananuvchida kuchli qon ketishi boshlanadi. Keyin Ruben qutqarish xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi va u Fionani bolta bilan urib, tomog‘ini qilich bilan kesganini aytadi. Shundan so‘ng Ruben jasadning bir nechta rasmini oladi va ularni Internetga joylashtirishga urinayotgan chog‘ida uyining yaqinidagi fermer xo‘jaligida polisiya tomonidan hibsga olinadi.

Ruben ruhiy kasalliklardan azob chekmagan. Aniqlanishicha, Fiona yaxshi xulqli ayol bo‘lgan.

Ruben faqat 15 yil o‘tgach, shartli ravishda muddatidan oldin ozod bo‘lish shartnomasini olish huquqiga ega bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!