100 ming AQSh dollariga uy olaman degan ayol aldanib qoldi

100 ming AQSh dollariga uy olaman degan ayol aldanib qoldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 10 dekabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, unda 2016-2017 yillar mobaynida  Shifokorlar mahallasida yashovchi shahar tug‘ruq kompleksi shifokori B.U.(ismli ayol) o‘zining Toshkent viloyati Zangiota tumani tanishi, Sebzor 17/18-dahasida yashovchi D.M.(ismli ayol)ga 100 ming AQSh dollariga pulini bo‘lib olish sharti bilan sotishga kelishib, undan 89 ming AQSh dollari pulini olib, uyni D.M.ning nomiga rasmiylashtirib bermay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, B.U. ushlangan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!