100 kunlik urushda Rossiya neft va gaz uchun deyarli 100 milliard dollar daromad oldi

100 kunlik urushda Rossiya neft va gaz uchun deyarli 100 milliard dollar daromad oldi

Ukrainadagi urushning dastlabki 100 kunida Rossiya energiya eksportidan 98 milliard dollar daromad oldi. Yetkazib berishning asosiy qismi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga amalga oshirildi. Finlyandiyaning energiya va toza havo markazi dushanba kuni e’lon qilgan hisobotida shunday xulosalar keltirilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiya eksportining 61 foizini tashkil etdi, bu pul bilan ifodalanganda 60 milliard dollardir. Asosiy iste’molchi davlatlar Germaniya (12,1 mlrd. to‘langan) va Italiya (7,8 mlrd).

Rossiya neft va gazining Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi asosiy importchisi Xitoydir (12,6 milliard dollar).

Iyun oyi boshida Yevropa Ittifoqi Rossiyadan neft importini deyarli butunlay to‘xtatishga rozi bo‘ldi va Yevropaning Rossiya energiya resurslariga qattiq qaramligiga qaramay, joriy yil oxirigacha Rossiya gazini iste’mol qilishni uchdan ikki qismga qisqartirishga tayyorligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!