Zidan Afrika terma jamoasida ishlash taklifini rad etdi

Zidan Afrika terma jamoasida ishlash taklifini rad etdi

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanga Jazoir terma jamoasi qiziqib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Afrika Millatlar Kubogidagi halokatli o‘yindan so‘ng jazoirliklar o‘z ustozi Jamal Belmadi bilan xayrlashdi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, Jazoir terma jamoasi vakillari Zidanga terma jamoani boshqarishni taklif qilgan, biroq rad javobi berilgan.

Manbaga ko‘ra, Zidan uchun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligi ustuvorligi, shu sababli mutaxassis avvalroq Braziliya va AQShda ishlashdan bosh tortgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!