Zelenskiy Fransiyada o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda

Zelenskiy Fransiyada o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda

Vladimir Zelenskiy ittifoqchi qo‘shinlarning Normandiyaga tushirilganining 80 yilligi sharafiga Fransiyada o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Ukraina prezidenti ushbu tashrifi davomida NATO davlatlaridan Isroilga hujumi paytida AQSh va Buyuk Britaniya Eronning raketalarni urib tushirgani kabi Rossiya raketalarini urib tushirishni so‘rash niyatida.

Zelenskiy, shuningdek, G‘arbdan harbiy yordam hajmini oshirishni va Kiyev ehtiyojlari uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishni so‘rashni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!