O‘zbekiston transport inqiroziga yuz tutmoqda. Muammoni hal qilish 50 milliard dollarga tushadi

A A A
O‘zbekiston transport inqiroziga yuz tutmoqda. Muammoni hal qilish 50 milliard dollarga tushadi

O‘zbekistonning hozirgi logistika infratuzilmasi ishlab chiqarish sur’atlariga mos kelmaydi. Logistikadagi inqirozdan endi qochib bo‘lmaydi. Mamlakatda infratuzilma salohiyatini oshirishni ikki yil avval boshlash kerak edi.

Rossiyaning xalqaro transport va logistika sohasidagi yetakchi eksperti Aleksey Bezborodov O‘zbekiston logistika tizimida o‘sib borayotgan muammolarni qanday yumshatish haqida gapirdi.

— So‘nggi paytlarda O‘zbekiston transport inqiroziga yuz tutayotgani haqida bir necha bor ochiq aytib o‘tdingiz. Yaqinlashib kelayotgan inqiroz belgilarini qanday ko‘rayotganingizni izohlang?

— O‘zbekiston sanoat majmuasiga yo‘naltirilayotgan ulkan sarmoyalar buning eng muhim belgisidir. Sanoatning turli tarmoqlari soni ortib bormoqda: avtomobil yig‘ishdan tortib, gaz kimyosigacha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan tortib to to‘qimachilikgacha. Bularning barchasi, albatta, yaxshi.

Muammo boshqa tomonda. Ishlab chiqarishning o‘sishi bilan bir qatorda, tegishli logistika bilan shug‘ullanish kerak. Umuman olganda, O‘zbekistonda logistika minimal darajada rivojlantirilmoqda. 2024 yilning birinchi yarmidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning transport va logistika sektoridagi yangi xorijiy va qo‘shma korxonalar hissasi 3 foizdan kamroqni tashkil qiladi. Shuningdek, infratuzilma salohiyatini faol kengaytirishga urinish bo‘layotgani yo‘q.

O‘zbekistonda bu holat manfaatdor tomonlarning yo‘qligidan kelib chiqqan. Ular bor, lekin pastdan tashabbus va yuqoridan buyruq bo‘lmasa, natija nolga teng, hech kim na pul, na investisiya qilmaydi.

— Inqiroz qachon boshlanadi?

— Bir yarim-ikki yil ichida.

— Siz aytayotgan transport inqirozi amalda qanday ko‘rinda bo‘ladi? Ishlab chiqaruvchilar, sanoatchilar va fermerlar transportda qanday muammolarga duch kelishadi?

— Eng birinchi oqibati nazorat punktlarida tirbandlikning kuchayishi. Navbatlar allaqachon mavjud, ammo hozircha ular inqiroz belgisi emas.

Inqiroz yuzaga kelgan taqdirda O‘zbekiston transport sohasiga bosim keskin ortadi. Keyinchalik, transport xizmatlariga, odamlarga va avtomobillarga talab ortadi. Bunday talabni tezda qondirib bo‘lmaydi — tanqislik yuzaga keladi va narxlar keskin ko‘tariladi.

Ba’zi sanoat ob’ektlari xom ashyoni yetkazib berish yoki tayyor mahsulotlarni tashishda muammolarga duch kelishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi ham xuddi shunday muammolarga yuz tutadi.

— Inqiroz O‘zbekistonga qanchalik tahdid solmoqda?

— Albatta, O‘zbekistonda global inqiroz bo‘lmaydi. Xususiy sektor va yirik korporasiyalar u yoki bu tarzda moslashadi — ehtimol ular chet elliklarni taklif qilishadi, shunga o‘xshash muammolarga duch kelgan boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadilar. Vaziyat qandaydir tarzda hal qilinadi.

Yaqinlashib kelayotgan muammoning ko‘lamini tushunish uchun oddiy hisob-kitoblarni amalga oshirish kifoya.

Bir yarim-ikki yil ichida qancha kubometr mahsulot ishlab chiqarilishini hisoblashimiz kerak.

Qancha hajm haqida gap ketmoqda?

— Menimcha, umumiy hajm 36 million kubometrni tashkil qiladi. Tushunish uchun ushbu hajmni o‘tkazish uchun sizga 300 ming yuk mashinasi yoki 450 ming 40 futlik konteyner kerak bo‘ladi. Bu juda jiddiy, katta hajm.

— Boshqa davlatlar ham shunday muammolarga duch kelganmi?

Ko‘pgina davlatlar bunday holatlarga duch kelishgan. Eng tipik misol ishlab chiqarishni keskin oshirgan, ammo 1980-1990 yillarda infratuzilma taqchilligiga duch kelgan Xitoydir. Bunga javoban XXR logistika uchun katta resurslarni sarfladi va oxir-oqibat infratuzilmani iziga tushirdi.

Rossiya ham Uzoq Sharqqa yuk tashishda muammolarga duch kelmoqda, chunki so‘nggi yillarda ishlab chiqarish o‘sib bormoqda, ammo transport imkoniyatlari yetarli emas. Hukumat va biznes muammoni hal qilish uchun katta mablag‘ sarflashga majbur.

— Yaqinlashib kelayotgan inqiroz belgilari shunga o‘xshashmi yoki O‘zbekistondagi vaziyat o‘ziga xosmi?

— Inqiroz belgilari, albatta, o‘xshashdir. Muammoni hal qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. Ba’zi hukumatlar va korporasiyalar juda ko‘p pul va ulkan inson resurslarini sarflashadi, ammo bu kutilgan samarani bermaydi.

— Balki sizning vaziyatdan to‘liq xabaringiz yo‘qdir va aslida O‘zbekiston transport sohasini rivojlantirish uchun ommaga ma’lum qilmasdan barcha choralarni ko‘rayotgandir?

— Albatta, hamma narsani bila olmaysiz deb taxmin qilishingiz mumkin. Ammo O‘zbekiston temir yo‘llari va infratuzilma quvvatlarini qurishga qodir yirik xoldinglar ochiq faoliyat yuritmoqda. Ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda. Agar ular konteyner terminallari, 100 yoki 200 ming kvadrat metrlik ombor majmualari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan boshqa ob’ektlar qura boshlagan bo‘lsa, buni yashirib o‘tirishmasdi.

Yangi loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘qligi ular mavjud emasligini anglatadi. Hozir hech qanday qurilish yo‘q, ya’ni zarur ob’ektlar bir yarim yil ichida mavjud bo‘lmaydi, chunki bunday ob’ektlarni qurish davri uzoq davom etadi.

— Hozir O‘zbekistonda salbiy vaziyat yuzaga kelmasligi uchun nima qilinishi kerak?

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilda SHHTdagi nutqida aytganlarini bajarish lozim. O‘zbekiston rahbari barcha kuch va resurslarni SHHT davlatlarining yagona integrasiyalashgan transport tizimini shakllantirish uchun yo‘naltirishga chaqirgandi. Sa’y-harakatlarni yirik markazlar va «kelajak shaharlari»ni yaratishga emas, balki oddiy terminallarga, logistikaga qaratish zarur.

Afsuski, hozirda SHHTga a’zo davlatlar Markaziy Osiyoning transport kelajagi bo‘yicha umumiy qarashlarga ega emaslar. Ularda kuchlarni taqsimlash, transport koridori loyihalarida birgalikda ishtirok etish va hokazolar bo‘yicha kelishuvlar yo‘q.

O‘zbekiston o‘z infratuzilmasini jadal qurishi kerak. Xususan, yangi konteyner terminallari qurilishi lozim. Eskilarini kengaytirish emas, aynan yangilarini qurish kerak. Terminallarning umumiy maydonini bir million kvadrat metrga oshirish zarur. Ulardan 200 ming kvadrati muzlatgichli bo‘lishi talab etiladi.

Bunday loyihalar, albatta, elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirish va boshqa choralar ko‘rishni talab qiladi. Buni qilish qiyin va qimmat bo‘lishi mumkin, ammo bu zarur.

Shuningdek, yo‘l tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirish va uni maksimal darajada bajarish muhimdir. Balki temir yo‘l uzellari qurilishi tugallanar. Bu haqda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanganidan keyin aniqroq aytish mumkin bo‘ladi. Shunda O‘zbekistonda yana nimalar bajarilishi kerakligi ma’lum bo‘ladi.

— Muammoni hal qilish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘ladi?

Qariyb 40 million aholisi bo‘lgan mamlakat infratuzilmasini yangilash, to‘g‘rirog‘i, to‘liq yakunlash uchun 50 milliard dollargacha mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu, shubhasiz, juda ko‘p, lekin buni xususiy kompaniyalar, banklar va boshqalar qilishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi

Эдмонто шаҳрида бўлиб ўтган Канада ва Ўзбекистон миллий жамоалари ўртасидаги ўртоқлик ўйини якунига етди.

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Rossiya bilan munosabatlarimiz o‘zgarish arafasida – Pashinyan

Европа Иттифоқи ва Евроосиё иқтисодий иттифоқи ўртасидаги танлов муқаррар бўлиб қоладиган лаҳзагача биз Евроосиё иқтисодий иттифоқида фаолиятимизни давом эттирамиз.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.