Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, agar Ukraina hozirda Kiyev nazorati ostidagi hudud «NATO soyaboni ostiga olinsa» mamlakat hatto Ukrainaning barcha hududlari ozod qilinmasa ham, Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda u Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan butun hududini, shu jumladan anneksiya qilingan Qrimni va Rossiya tomonidan bosib olingan boshqa mintaqalar hududlarining bir qismini qaytarib olish Ukrainaning urushdagi rasman belgilangan maqsadidir. Kiyev tinchlik kelishuvi uchun hududlardan voz kechmasliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Zelenskiyning so‘zlaridan kelib chiqadiki, Ukraina hali Rossiya talab qilganidek, de-yure ulardan voz kechishga tayyor emas. Ukraina prezidentining fikricha, ular keyinchalik «diplomatik» tarzda qaytarilishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Россия президенти Владимир Путин пайшанба куни Остонада бўлиб ўтган КХШТ Коллектив Хавфсизлик Кенгашининг сессиясида маълум қилишича, Москва ҳозиргача қанча Ғарб ракеталари етказиб берилгани ва қанчаси Украинага етказилиши режалаштирилаётганини билади.
Россия Федерацияси ўзининг кенг кўламли ҳужуми олдидан NATO низомининг мустаҳкамлигини текширишга қаратилган маҳаллий миқёсдаги операцияларни амалга оширади.