Putin: “Oreshnik”ning kuchini meteoritga qiyoslash mumkin
Putin Ostonada KXSHT sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi.
Matbuot anjumanida Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan asosiy fikrlar:
◾️ Armaniston hali KXSHTdan chiqishini e’lon qilmagan, u faqat tanaffus qilmoqda. Yerevan tashkilot sammitining barcha hujjatlarini qo‘llab-quvvatlaydi;
◾️ KXSHT Qorabog‘da Armaniston uchun jang qilmasligi kerak edi, chunki bu holatda mamlakatga tashqi tajovuz bo‘lmagan;
◾️ Rossiya Afg‘oniston bilan munosabatlar rivojlanishiga umid qiladi. Afg‘onistonda vaziyat murakkab va alohida e’tibor talab qiladi;
◾️ “Oreshnik”dan foydalanilgandan keyin Rossiya ikki marta ATACMS raketalari bilan hujumga uchradi, zarar minimal, ammo u mavjud;
◾️ Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni tanqid qilish har doim ham davlatlarning manfaatlariga javob bermaydi;
◾️ Rossiya Federasiyasi “Oreshnik”dan Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlariga hujum qilish uchun foydalanishi mumkin;
◾️ Rossiya hududiga G‘arb qurollari bilan berilgan zarbalarga har doim javob choralari bo‘ladi, uning qanday bo‘lishi Bosh shtab tomonidan tanlanadi;
◾️ Rossiya gipertovushli raketalarni kichik ob’ektlarga zarba berishda qo‘llash ma’nosiz deb hisoblaydi;
◾️ Armanistonning KXSHTga hozirgi munosabati mamlakatning ichki siyosiy muammolari va Qorabog‘ mavzusi bilan bog‘liq;
◾️ Rossiya Kiyevning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar Ukraina yadroviy qurolga ega bo‘lsa, u barcha vositalardan foydalanib yo‘q qilinadi;
◾️ Kim Ukrainaga yadroviy qurol topshirsa, yadro qurolini tarqatmaslik majburiyatlarini buzgan bo‘ladi;
◾️ KXSHT nafaqat "tirik", balki rivojlanmoqda. Uning faoliyatida ishtirok etayotgan davlatlar hamkorlikdan manfaatdor;
◾️ “Oreshnik”ning kuchini meteoritga qiyoslash mumkin;
◾️ Bir nechta “Oreshnik”lar bilan berilgan zarbaning kuchini yadroviy qurol zarbasi bilan taqqoslash mumkin, ammo bunda ekologiyaga zarar etmaydi;
◾️ Rossiya o‘z shartlari asosida Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor;
◾️ Biz dronlarni alohida turdagi qo‘shin sifatida ajratish haqida o‘ylayapmiz;
◾️ Rossiya Federasiyasi, G‘arbdan farqli o‘laroq, Gruziyadagi ichki siyosiy jarayonlarga aralashmaydi, biz shunchaki tegmaymiz;
◾️ KXSHT bo‘yicha hamkorlarimiz Amerika qurollarining Rossiya Federasiyasiga hujumlari munosabati bilan bizga hech qanday yordam bera olmaydi;
◾️ Rossiya bilan muammoli munosabatlarga ega bo‘lgan ko‘plab davlatlar rahbarlari biz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni tiklashni xohlashadi, biz doimo ochiqmiz;
◾️ Germaniya kansleri Olaf Shols bilan suhbat bir soat davom etdi va asosan Ukraina masalasida bo‘ldi;
◾️ AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning hayoti haligacha xavf ostida;
◾️ Rubl kursi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida, vahima qilishga asos yo‘q. Publ kursining o‘zgarishi ko‘plab omillar, jumladan, byudjet to‘lovlari va neft narxi bilan bog‘liq;