Erdog‘an: BMT imkon qadar tezroq islohotga muhtoj
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMTning hozirgi holatidagi samarasizligi va jahon tashkilotini to‘liq isloh qilish zarurligi haqida gapirdi.
Bu haqda davlat rahbari Istanbuldagi TRT World forumidagi nutqi davomida aytdi.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti tez o‘zgarishlarga muhtoj; dunyoni Xavfsizlik Kengashining 5 doimiy yoki 15 vaqtinchalik a’zolari boshqara olmaydi», dedi Turkiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun «insoniyat burilish davrini, nafaqat keyingi 5-10 yilga, balki avlodlarimiz kelajagiga ham ta’sir ko‘rsatadigan voqealarni boshidan kechirmoqda». «Har bir inqiroz to‘g‘ri qo‘llanilsa, yangi davr va yangi boshlanishni ko‘rsatishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi Prezident Erdo‘g‘an.
G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gapirar ekan, u mintaqada zudlik bilan barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga erishish kerakligini ta’kidladi. «Turkiya boshidanoq buning tarafdori», deb eslaydi prezident.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiya «genosidni to‘xtatish va G‘azo sektorida doimiy tinchlik o‘rnatish uchun yo‘l ochish» uchun barcha zarur sa’y-harakatlarni qilishga tayyorligini bildirdi.
Davlat rahbari, shuningdek, Livanda o‘t ochishni to‘xtatish doimiy bo‘lishiga umid bildirdi.