Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi fuqaro B.SH. va Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida istiqomat qiluvchi A.SH.larningn jinoyati fosh etildi. Ya’ni bu ikki shaxs o‘zaro til biriktirib, Zomin tumanidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan MCHJ tomonidan lizing asosida olingan 2 dona “Vektor-410” rusumli g‘alla o‘rish kombaynlarini sotish vakolatlari bo‘lmasada, lekin ularni jami 570 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, MCHJ tomonidan ushbu kombaynlar 1 mlrd 658 mln so‘mga sotib olingan bo‘lib, hozirgi kunda lizing to‘lovidan 1 mlrd 224 mln so‘mlik qarzdorligi mavjud.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Марказий Хитойда минг тоннага яқин олтин захирасига эга юқори сифатли олтин кони топилди. Мутахассислар унинг қийматини 83 миллиард доллардан ортиқ деб баҳоламоқда.
Россия президенти Владимир Путин пайшанба куни Остонада бўлиб ўтган КХШТ Коллектив Хавфсизлик Кенгашининг сессиясида маълум қилишича, Москва ҳозиргача қанча Ғарб ракеталари етказиб берилгани ва қанчаси Украинага етказилиши режалаштирилаётганини билади.
Россия Федерацияси ўзининг кенг кўламли ҳужуми олдидан NATO низомининг мустаҳкамлигини текширишга қаратилган маҳаллий миқёсдаги операцияларни амалга оширади.