Onado‘lidagi gladiatorlarning izlari haqida nimalar ma’lum?
Bugungi kunda Turkiya Onado‘lidagi gladiatorlarning izlari mavjud qadimiy shaharlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ushbu shaharlarda turli xil gladiatorlar jangi o‘tkazilgan stadionlar, teatrlar va jangchilar tasvirlangan asarlarniuchratish mumkin. 2024 yil “Turk arxeologiyasining oltin davri” deb e’lonqilinishi munosabati bilan davom etayotganqazishmalar gladiatorlar haqida ko‘proq ma’lumotbermoqda.
Efes: Barchasi shu yerdan boshlanadi
Efes - Gladiatorlar jangiga mezbonlik qilganOnado‘lidagi ilk shaharlardan biridir. Efesdagladiatorlar jangi oldidan surnaylar chalinar vabayramona muhit hukmronlik qilardi. Gladiatorlarning izlarini bugungi kundaYUNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilgan Efesdagiteatr va stadion xarobalarida ko‘rish mumkin. Ushbu inshootlarning devorlarini gladiatorlargraffiti (o‘yib ishlangan surat) bezatib turadi vaIzmirdagi Efes muzeyida moy chiroqlari vagladiator tasvirlari tushirilgan qabr toshlarikabi buyumlar saqlanadi. Efes Tajriba MuzeyiEfesning kundalik hayotini bevosita boshdankechirishni istagan sarguzashtsevarlar uchunhamisha ochiq. Qolaversa, Turkiyaning “Tungi muzeylar” loyihasi tufayli yoz oylarida odamlarEfesni sehrli chiroqlari ostida yarim tungachaziyorat qilishlari mumkin.
Hiyerapolis: Qoidalar o‘rnatilgan joy
Denizlidagi Pamukkale travertinlari bilan YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatigakiritilgan Hiyerapolis bugungi kunda yaxshisaqlanib qolgan xarobalari bilan e’tiborgamolikdir. Hiyerapolis tarix davomida o‘ziningshifobaxsh termal suvlari bilan tanilgan, shuningdek, Hiyerapolis muzeyida gladiatorlarjanglarining tasviri va ular haqidagi yozuvlarnamoyish etiladi. Ikkita yozuvda shahardagio‘yinlar qoida bo‘yicha va hakamlar nazorati ostidao‘tkaziganligi bayon qilingan va bu o‘sha yerdadoimiy gladiatorlar tashkiloti mavjudligidandalolat beradi.
Stratonikeia: Gladiatorlar o‘qitilgan joy
Mug‘laning qadimiy shahri bo‘lganStratonikeia uchun sport har doim shunchalikmuhim ediki, ular hatto antik davrning eng kattagimnaziyasini ham qurdilar. Bu gladiatorlaro‘qitilgan, o‘yinlar tashkil etilgan va nafaqagachiqqandan keyin hayotlarini o‘tkazadigan markazedi. Shu bois, Stratonikeia butun asrlar davomida“gladiatorlar shahri” sifatida tanilgan. Dunyoning eng yirik marmar shaharlaridan birihisoblangan ushbu shaharda arxeologlar tomonidantopilgan gladiatorlarning qabrlari va qabrtoshlari namoyish etiladi.
Afrodisias: Olomon gladiatorlarniolqishlagan joy
Aydindagi Afrodisias shahri TurkiyadagiYUNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilganob’ektlardan biri bo‘lib, marmar karerlari, tajribali haykaltaroshlari va nafis marmarhaykallari bilan mashhur. Shuningdek, shaharstadioni ham qadimiy muhandislik mo‘’jizasibo‘lib, dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan Rim stadionlaridan biri hisoblanadi. 30 000 tomoshabinni sig‘dira oladigan bu ulkan inshootgladiatorlarning hayajonli musobaqalario‘tkaziladigan joy edi. U yerda olomonning quvnoqaks sadolari ostida qator-qator tosh o‘rindiqlaribo‘ylab yurib, qadimgi o‘yinlarning zavqini hisqilish o‘zgachadir. Bu yerda gladiatorlarningarenaga kirib-chiqadigan tunnellari ham saqlanibqolgan.
Kibira: Bir paytlar gladiatorlar kezganjoy
Kibira (Kibyra) Rim sivilizasiyasining engmuhim shaharlaridan biri va bu gladiator janglari kabi Rim hayotiga mos o‘yin-kulgi, sayr-tomoshalarning markazi edi. Shaharga kiraverishdastadion joylashgan bo‘lib, u gladiatorlarningepik musobaqalariga mezbonlik qilgan deb taxminqilinadi. Shuning uchun, Kibira shahri hamStratonikeia singari “gladiatorlar shahri” sifatida tanilgan. Qadim zamonlardan beri engkeng qamrovli gladiator frizlari (devorpeshtoqidagi naqshli tasvirlar) kolleksiyasi hamKibirada topilgan.