Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan uchrashuvda AQSh mas’uliyatsiz choralar ko‘rish orqali Ukrainadagi mojaroni cho‘zayotgani va keskinlashtirayotganini aytdi.
Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar bermoqda.
“Kim Chen In Ukrainadagi vaziyat kundan-kunga og‘irlashib borayotganidan jiddiy xavotir bildirar ekan, so‘nggi paytlarda Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga qarshi ko‘rayotgan choralari mojaroni cho‘zayotgan va barchaga tahdid soluvchi mas’uliyatsiz harakatlar ekanligi haqidagi pozisiyasini bildirdi”, deya xabar beradi KCNA.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududiga zarba berish uchun G‘arbning uzoq masofali qurollaridan foydalanish mojaroga bevosita aralashuv hisoblanadi va bunday harakatlar “xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralanishi kerak”.
Shimoliy Koreya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, “KXDR hukumati, armiyasi va xalqi Rossiya Federasiyasi siyosatini izchil qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Марказий Хитойда минг тоннага яқин олтин захирасига эга юқори сифатли олтин кони топилди. Мутахассислар унинг қийматини 83 миллиард доллардан ортиқ деб баҳоламоқда.
Россия президенти Владимир Путин пайшанба куни Остонада бўлиб ўтган КХШТ Коллектив Хавфсизлик Кенгашининг сессиясида маълум қилишича, Москва ҳозиргача қанча Ғарб ракеталари етказиб берилгани ва қанчаси Украинага етказилиши режалаштирилаётганини билади.
Россия Федерацияси ўзининг кенг кўламли ҳужуми олдидан NATO низомининг мустаҳкамлигини текширишга қаратилган маҳаллий миқёсдаги операцияларни амалга оширади.