Zarpechakning zararidan ogoh bo‘ling!
Ekin maydonlarida ko‘p hollarda turli xil begona o‘tlarga, o‘simliklarga ko‘zimiz tushadi. Imkon qadar ekinlarimizni ulardan tozalashga harakat qilamiz. Bilamizki, bunday o‘simliklar zararli, ular bor joyda ekinlar yaxshi rivojlanmaydi.
Shunday o‘simliklardan biri zarpechak qishloq xo‘jalik ekinlariga juda katta zarar keltiradi. Ular barcha o‘t-o‘simliklar, daraxtlar, butasimonlarni zararlaydi. Beda, zig‘ir, maxsar, lavlagi, sabzi, piyoz kabi oziq-ovqat va chorvabop ekinlar rivojiga bu parazit har doim to‘sqinlik qiladi. Bir pallali o‘simliklar, jumladan, boshoqli ekinlar zarpechakdan kamroq zararlanadi.
Chirmovdoshlar (CuscutaceaYE) ra mansub tekinxo‘r o‘simlik turkumi. Mo‘’tadil mintaqalargacha 170 turi uchraydi. Bargsiz va ildizsiz bir yillik o‘t, qat’iy karantin ob’ekti.
Poyasi chirmashib o‘sadi, ipsimon, sershox, tanasi sariq, yashil sarg‘ish yoki to‘q sariq. 3archpechak urug‘i va poyasidan ko‘payadi. Zarpechakning bir o‘simligi 10—50 minggacha urug‘ beradi.
Zarpechak bilan zararlangan o‘simliklar kasallik va zarurkunandalarga chidamsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari zarpechakning ayrim turlari o‘simliklarda virusli kasalliklarni ham tarqatadi. Shu bois zarpechakka qarshi doimiy ravishda kurashimiz, bu borada ilm-fan yutuqlariga tayanishimiz, tajribali mutaxassislar ko‘rsatmalariga amal qilishimiz kerak.
A.SULTONOV,
A.O‘LMASOV,
Samarqand viloyati o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Oqdaryo tumani agronom inspektorlari
