"Zapravka"da navbatda turgan "Damas" yonib ketdi (FOTO)

"Zapravka"da navbatda turgan "Damas" yonib ketdi (FOTO)

 Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi To‘raqo‘rg‘onda "Damas" avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 11 yanvar kuni soat 07:50larda, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Kumidon MFY hududida joylashgan "Afsona-4" avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga kirish uchun navbatda turgan, haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobilning dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvchi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

"Zapravka"da navbatda turgan "Damas" yonib ketdi (FOTO)

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!