«Yuventus» yoshi katta futbolchilar bilan xayrlashdi. Ular kimlar?

«Yuventus» yoshi katta futbolchilar bilan xayrlashdi. Ular kimlar?

«Yuventus» klubi argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain va nemis yarimhimoyachisi Sami Xedira bilan shartnomani bekor qildi.

Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, bosh murabbiyi Andrea Pirlo yoshi katta futbolchilarning xizmatiga ehtiyoj sezmayapti, shu tufayli klub ularga erkin agent maqomini berdi.

O‘tgan mavsumda Iguain jamoada 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan, Xedira esa 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.

Endi «Yuventus» 32 yoshli Iguain va 33 yoshli Xediraga 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingani sababli kompensasiya to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!