Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 14 taga oshdi

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 14 taga oshdi

2020 yil 27 may soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3369 (+14) nafarni tashkil etmoqda.
 
⚠️ Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida (Shofirkon tumanidagi bitta oila a’zolari) aniqlangan. Mazkur holat ushbu viloyatga koronavirus infeksiyasi qaytganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 5 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. 2 nafari esa Toshkent viloyatidan (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasidan aniqlangan).
 
❗️Ayni paytda yurtimizda 2668 (+32) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. 

❗️Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 25 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Samarqand viloyati hamda 2 nafari Navoiy viloyatidan. 

❗️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 687 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!